AsosiyDunyo

Rossiyada Telegram'ga kirish amalda deyarli to'liq cheklandi

10 aprel kuni Telegram’ga kirishda kuzatilgan nosozliklar darajasi 95 foizga yetgan.

'Rossiyada Telegram'ga kirish amalda deyarli to'liq cheklandi'ning rasmi

Rossiyada Telegram messenjeriga kirish deyarli to‘liq cheklanganligi qayd etildi. Bu haqda "Agentstvo" xalqaro tadqiqot loyihasi OONI ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 aprel kuni Telegram’ga kirishda kuzatilgan nosozliklar darajasi 95 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada messenjerga nisbatan cheklovlar kuchayganidan beri eng yuqori daraja sifatida baholanmoqda.

Tahlilchilar fikricha, bu holat Telegram boshqa messenjerlarga nisbatan ham qattiqroq cheklovlarga uchrayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, OONI ma’lumotlariga ko‘ra, rasman cheklangan Signal va WhatsApp ilovalarida ham anomaliyalar ulushi 89 foizni tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada Telegram 2026 yil fevraldan boshlab sekinlashtirib kelinmoqda. Mart oyi o‘rtalarida ayrim provayderlar tomonidan bloklash choralari kuchaytirilgan, aprel boshida esa to‘liq bloklash ehtimoli muhokama qilingan.

Shuningdek, 2025 yil avgustidan Rossiyada WhatsApp va Telegram orqali qo‘ng‘iroqlar ham cheklanganligi xabar qilingan.

Mutaxassislar Rossiya tomonidan milliy Max messenjeri faol targ‘ib qilinayotganini ta’kidlamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:54

    'Trump dunyodagi eng katta gʻalaba arkasi Vashingtonda qurmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:18

    Trump dunyodagi eng katta gʻalaba arkasi Vashingtonda qurmoqchi

    Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u «dunyodagi eng katta va eng go‘zal arkaga aylanadi».

    'Eron vakillari Islomobodga yetib keldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:26

    Eron vakillari Islomobodga yetib keldi

    AQSh delegatsiyasiga vitse-prezident Jey Di Vens boshchilik qiladi.

    'Tramp Jey Di Vensni Eron bo‘yicha muzokaralarga mas’ul qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:37

    Tramp Jey Di Vensni Eron bo‘yicha muzokaralarga mas’ul qildi

    Pokistonda Eron bilan muzokaralar olib borayotgan AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda.

    'Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroildan tovon talab qildi'ning rasmi

    Dunyo 10.04.2026 05:35

    Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroildan tovon talab qildi

    Eron rahbari yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya undirish masalasini koʻtardi.

    'Amerika aeroportda samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 10.04.2026 01:53

    Amerika aeroportda samolyot halokatga uchradi

    Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.