AsosiyBU QIZIQ

Bugun ob-havo qanday bo'ladi?

“O‘zgidromet” ob-havo prognozini e’lon qildi.

'Bugun ob-havo qanday bo'ladi?'ning rasmi

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 va 26 iyunda ayrim joylarda 13-18 metr/soatgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 va 27 iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 24-25 iyunda 33-38 daraja, 26 iyunda 35-40 daraja, 27-28 iyunda 37-42 daraja, 29 iyun-1 iyulda 34-39 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25 iyun-1 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 iyunda 20-25 daraja, 27 iyun-1 iyulda 22-27 daraja, kunduzi 24-25 iyunda 33-38 daraja, 26 iyun-1 iyulda 35-40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 va 27 iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25 iyun-1 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 24 iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 24-25 iyunda 33-38 daraja, 26 iyun-1 iyulda 35-40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ Bugun 11:20

    'O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni 215 taga yetdi'ning rasmi

    BU QIZIQ Bugun 04:45

    O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni 215 taga yetdi

    2023 yilda mamlakatdagi oliy ta'lim tashkilotlari soni 219 taga, 2024 yilda esa 222 taga yetgan. Biroq 2025 yil holatiga ko'ra mazkur ko'rsatkich 215 tani tashkil etgan.

    'Hafta boshida yomg'ir yog'adi'ning rasmi

    BU QIZIQ 22.06.2026 02:51

    Hafta boshida yomg'ir yog'adi

    “O‘zgidromet” 22 iyun kuni uchun ob-havo prognozni e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ 21.06.2026 03:06

    'Ertaga yilning eng uzun kuni kuzatiladi'ning rasmi

    BU QIZIQ 20.06.2026 12:54

    Ertaga yilning eng uzun kuni kuzatiladi

    21 iyun kuni yozgi quyosh turishi boshlanib, bu astronomik hodisa davomida kunduzgi yorug‘lik eng yuqori darajaga yetadi.

    'Dam olish kuni ob-havo qanday bo'ladi?'ning rasmi

    BU QIZIQ 20.06.2026 02:59

    Dam olish kuni ob-havo qanday bo'ladi?

    Bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.