AsosiyJamiyat

“O‘zgidromet” 17 aprelda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

Unga ko‘ra, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

'“O‘zgidromet” 17 aprelda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi'ning rasmi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, bir oz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 14-16 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridahavo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent iqtisodiyoti uchun yangi o‘sish nuqtalari belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:30

    Toshkent iqtisodiyoti uchun yangi o‘sish nuqtalari belgilandi

    Prezident poytaxtda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

    'Xitoylik fuqaro 2200 ta chumoli bilan qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Xitoylik fuqaro 2200 ta chumoli bilan qo'lga tushdi

    Keniyada noqonuniy ravishda tirik chumolilarni olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan qat'iy jazo tayinlandi.

    'Jizzaxda FVB mansabdorisi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:15

    Jizzaxda FVB mansabdorisi pora bilan ushlandi

    Mirzacho‘l tumanida favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar o‘rinbosari 3 million so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    '186 mlrd so‘mlik ish: ayblanuvchi amaldorlar ozod qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 16.04.2026 13:29

    186 mlrd so‘mlik ish: ayblanuvchi amaldorlar ozod qilindi

    Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yirik moliyaviy qonunbuzarlik bilan bog‘liq isda ayblangan mansabdorlar zararni qoplaganidan so‘ng ozodlikka chiqarildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.04.2026 12:13

    'Afg‘onistondan olib kiritilgan qariyb 9 kg “opiy” musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 16.04.2026 11:52

    Afg‘onistondan olib kiritilgan qariyb 9 kg “opiy” musodara qilindi

    Qisqa muddatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.