AsosiyJAMIYAT

“Talaba Expo–2026” kasblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 24–25 iyun kunlari “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Talaba Expo–2026” kasblar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

'“Talaba Expo–2026” kasblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ko‘rgazmada respublikaning yetakchi korxona va tashkilotlari, yirik ish beruvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari, faoliyat yo‘nalishlari va istiqbolli loyihalari bilan ishtirok etadi. Tadbir davomida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida uchrashuvlar, suhbatlar hamda tanlovlar tashkil etilib, munosib nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

“Talaba Expo–” yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar