AsosiyBU QIZIQ

Bugun yog‘ingarchiliksiz va issiq havo kuzatiladi

O'zbekistonda 27 iyun kuni havo issiq bo'ladi, ayrim hududlarda harorat 44 darajagacha ko'tariladi.

'Bugun yog‘ingarchiliksiz va issiq havo kuzatiladi'ning rasmi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yoʻnalishdan gʻarbga oʻzgarib, soniyasiga yetti–oʻn ikki metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-24 daraja, kunduzi 37-39 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan soniyasiga yetti–oʻn ikki metr tezlikda esadi. Harorat kechasi yigirma–yigirma besh daraja, kunduzi oʻttiz ikki–oʻttiz yetti daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida  havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan soniyasiga yetti–oʻn ikki metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 daraja, kunduzi39-44 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan soniyasiga yetti–oʻn ikki metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan soniyasiga yetti–oʻn ikki metr tezlikda, ayrim joylarda soniyasiga oʻn uch–oʻn sakkiz metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan soniyasiga besh–oʻn metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan soniyasiga yetti–oʻn ikki metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

    Boshqa yangiliklar