AsosiyBU QIZIQ

Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

"O'zgidromet" bugungi ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

'Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Toshkent shahrida havo asosan quyoshli, ayrim vaqtlarda biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishdan esib, kunning ikkinchi yarmida g‘arbga o‘zgaradi, tezligi soniyasiga 7–12 metrni tashkil etadi. Harorat kechasi 26 daraja, kunduzi 38 darajagacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ochiq va juda issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 40–43 darajagacha yetadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 36–40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo juda issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 40–44 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–25 daraja, kunduzi 35–39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar