AsosiyDunyo

AQSh avianosetsi Eron yaqiniga yetib keldi

Mintaqadagi harbiy kuchlar muvozanati keskin kuchayishi mumkin.

'AQSh avianosetsi Eron yaqiniga yetib keldi'ning rasmi

AQShning "Nimits" turidagi USS George H.W. Bush avianosetsi Hind okeaniga yetib keldi. Bu haqda AQSh harbiy idorasi ma'lum qildi. 

Kema bortida minglab harbiy xizmatchilar va o'nlab zamonaviy qiruvchi samolyotlar joylashgan. OAV ma'lumotlariga ko'ra, mazkur avianosets va uni kuzatayotgan zarba guruhi AQSh prezidenti Donald Trump ixtiyoridagi harbiy kuchni Eron yaqinida sezilarli darajada oshiradi. 

Hozircha kemaga berilgan aniq buyruqlar ochiqlanmagan. Manbalarga ko'ra, zarurat tug'ilganda harbiylar tezkor zarba berishga tayyor. Shu bilan birga, Pentagonda Eronga nisbatan ehtimoliy yangi harbiy rejalar ishlab chiqilayotgani aytilmoqda.

Avianosets Arab dengiziga yo'l olar ekan, xavfsizlik sabab Afrikaning janubi orqali harakatlangan. AQSh qo'mondonligi Yaman husiylari tomonidan ehtimoliy hujumlardan xavotir bildirgan.

Avvalroq USS Abraham Lincoln va USS Gerald R. Ford avianosetslari ham mintaqada joylashtirilgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar