AsosiyDunyo

AQShda Maduro ishi bo‘yicha harbiy hibsga olindi

U maxfiy maʼlumotlar asosida garov tikib, yuz minglab dollar ishlaganlikda gumonlanmoqda.

'AQShda Maduro ishi bo‘yicha harbiy hibsga olindi'ning rasmi

AQShda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq operatsiyada ishtirok etgan harbiy Gannon Ken Van Deyk hibsga olindi. U maxfiy ma’lumotlardan foydalanib, garov tikish orqali 400 ming dollardan ortiq mablag‘ ishlaganlikda ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Van Deyk "Polymarket" platformasida Maduroning lavozimidan chetlatilishi va qo‘lga olinishi bilan bog‘liq bashoratlarga 33 ming dollardan ortiq pul tikkan. Natijada u 409 ming dollardan ziyod daromad olgan.

Federal organlar uni maxfiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish, firibgarlik va hukumat ma’lumotlarini o‘g‘irlashda ayblamoqda. Shuningdek, u daromadni yashirish maqsadida akkaunt va elektron manzillarini o‘zgartirishga urinagani qayd etilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur holatga munosabat bildirib, “butun dunyo ma’lum ma’noda kazinoga aylanib qoldi”, deb izoh bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maduro AQSh kuchlari tomonidan Karakasda qo‘lga olingan va keyinchalik Nyu-Yorkka olib ketilgan. Unga nisbatan narkoterrorizm va boshqa og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh avianosetsi Eron yaqiniga yetib keldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:10

    AQSh avianosetsi Eron yaqiniga yetib keldi

    Mintaqadagi harbiy kuchlar muvozanati keskin kuchayishi mumkin.

    'G‘azoda uch nafar bola halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 23.04.2026 09:03

    G‘azoda uch nafar bola halok bo‘ldi

    Isroil G‘azoda amalga oshirgan zarba oqibatida besh kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘lgani xabar qilindi.

    'AQSh-Eron urishi Xitoyga zarar yetkazmoqda'ning rasmi

    Dunyo 23.04.2026 08:17

    AQSh-Eron urishi Xitoyga zarar yetkazmoqda

    Xitoy Tramp joriy etgan bojxona tariflariga bardosh bergan bo‘lsa-da, Eron atrofidagi urush iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    'AQSh 38 yildan so‘ng ilk bor paluba artilleriyasidan foydalandi'ning rasmi

    Dunyo 23.04.2026 04:25

    AQSh 38 yildan so‘ng ilk bor paluba artilleriyasidan foydalandi

    Oxirgi bor bunday holat 1988 yilda, Eron–Iroq urushi davrida amalga oshirilgan edi.

    'Germaniya aviakompaniyasi yoqilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi.'ning rasmi

    Dunyo 22.04.2026 14:39

    Germaniya aviakompaniyasi yoqilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi.

    Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

    'Los-Anjelesda kichik samolyot elektr simlariga urilib quladi'ning rasmi

    Dunyo 22.04.2026 09:04

    Los-Anjelesda kichik samolyot elektr simlariga urilib quladi

    Kecha, 21 aprel kuni AQShning Los-Anjeles shahrida kichik samolyot parvoz paytida elektr uzatish simlariga urilib, qulagan.