AsosiyBU QIZIQ

O'zbekistonda dollar kursi yana 12 ming so'mdan pastladi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2 iyul kuni amal qiladigan xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan rasmiy kurslarini e'lon qildi.

'O'zbekistonda dollar kursi yana 12 ming so'mdan pastladi'ning rasmi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2 iyul kuni amal qiladigan xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan rasmiy kurslarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, AQSH dollari yana 75 so'm 3 tiyiniga arzonlashib, 11 934 so'm 24 tiyinni tashkil etdi. Shu tariqa dollar kursi yana 12 ming so'mlik psixologik chegaradan pastga tushdi.

Shuningdek, yevro ham 96 so'm 26 tiyiniga qadrsizlanib, 13 591 so'm 91 tiyin etib belgilandi. Rossiya rubli esa 77 tiyiniga pasayib, 152 so'm 98 tiyinni tashkil qildi.

Ma'lumot uchun, bundan avval ham dollar kursi 51 so'm 57 tiyiniga pasayib, 12 009 so'm 27 tiyin etib belgilangan edi. Iyun oyi davomida esa milliy valyutaga nisbatan dollar kursi keskin o'zgarishlarni qayd etmadi va asosan 12 ming so'm atrofida barqaror saqlanib keldi.

    Boshqa yangiliklar