AsosiyBU QIZIQ

O'zbekiston bo'yicha bugungi ob-havo prognozi

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

'O'zbekiston bo'yicha bugungi ob-havo prognozi'ning rasmi

Toshkent shahrida havo o'zgaruvchan bo'ladi. Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 31–33 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi. Kechasi va ertalab ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi. Ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi. Ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 15–20 daraja bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar