AsosiyBU QIZIQ

O'zbekistonda hafta oxirigacha havo 42 darajagacha isiydi

Bu haqda O'zgidromet ma'lum qildi.

'O'zbekistonda hafta oxirigacha havo 42 darajagacha isiydi'ning rasmi

O'zbekistonda joriy hafta davomida havo harorati bosqichma-bosqich ko'tarilib, ayrim hududlarda 42 darajagacha yetishi kutilmoqda. Bu haqda O'zgidromet ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 6–11 iyul kunlari respublika hududining katta qismida havo biroz bulutli bo'ladi. Yog'ingarchilik kutilmayapti. Faqat ayrim tog' oldi va tog'li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin.

Qayd etilishicha, iyul oyi boshida kuzatilgan nisbatan salqin ob-havodan keyin bu hafta davomida respublikada harorat asta-sekin me'yoriy yozgi ko'rsatkichlarga qaytadi.

Bugun, 6 iyul kuni kunduzi havo harorati 34–37 daraja atrofida bo'ladi. Keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat 37–40 darajagacha ko'tariladi. Respublika shimoli, janubi hamda cho'l hududlarida kunduzi havo harorati 39–42 darajagacha yetishi prognoz qilinmoqda.

Shamol sharqiy yo'nalishdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 15 metrgacha kuchayishi, chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda ham 6–11 iyul kunlari havo biroz bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo'nalishdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi, ayrim hududlarda sekundiga 10–12 metrgacha kuchayishi mumkin.

6–7 iyul kunlari Toshkentda kunduzgi havo harorati 35–38 daraja bo'lishi, haftaning ikkinchi yarmida esa 38–40 darajagacha ko'tarilishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 22–25 daraja atrofida saqlanib turadi.

    Boshqa yangiliklar

    O'zbekistonda hafta oxirigacha havo 42 darajagacha isiydi - Darakchi.uz