AsosiyJamiyat

O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblangan o‘zbekistonlik Gruziyada ushlandi

Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyada qo‘lga olinib, mamlakatga ekstraditsiya qilindi.

'O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblangan o‘zbekistonlik Gruziyada ushlandi'ning rasmi

Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Interpolning Tbilisi shahridagi Milliy markaziy byurosi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qidiruvda bo‘lgan shaxsning aniq manzili belgilangan va u ushlangan.

Qayd etilishicha, Gruziya Adliya vazirligi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini qanoatlantirgan. Shundan so‘ng, ushbu shaxs Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari ishtirokida Toshkent shahriga olib kelingan.

Hozirda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda protsessual harakatlar olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil boshidan buyon Interpol orqali qidiruvga berilgan bir qator O‘zbekiston fuqarolari xorijiy davlatlarda ushlanib, mamlakatga qaytarilmoqda. Xususan, fevral oyida Birlashgan Arab Amirliklaridan, mart oyida esa Turkiya, Bahrayn hamda AQShdan bir nechta fuqarolar ekstraditsiya qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar