AsosiyBU QIZIQ

Jastin Biber Jahon chempionati finalidagi shou dasturida ishtirok etadi

Ayni paytda turnir chorak final bosqichiga yetib kelgan. Jahon chempionligi uchun Fransiya, Marokash, Ispaniya, Belgiya, Norvegiya, Angliya, Argentina va Shveytsariya milliy terma jamoalari kurashni davom ettirmoqda.

'Jastin Biber Jahon chempionati finalidagi shou dasturida ishtirok etadi'ning rasmi

Kanadalik mashhur xonanda Jastin Biber 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvining tanaffusida sahnaga chiqadi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Biber final tanaffusida tashkil etiladigan musiqiy shou dasturida ishtirok etadigan san’atkorlar ro‘yxatiga qo‘shilgan. Avvalroq ushbu konsertda amerikalik xonanda Madonna, kolumbiyalik ijrochi Shakira hamda Janubiy Koreyaning BTS pop guruhi ham ishtirok etishi ma’lum qilingan edi.

2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 19 iyul kuni yakunlanadi. Final bahsi AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida joylashgan "MetLayf" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda turnir chorak final bosqichiga yetib kelgan. Jahon chempionligi uchun Fransiya, Marokash, Ispaniya, Belgiya, Norvegiya, Angliya, Argentina va Shveytsariya milliy terma jamoalari kurashni davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Jastin Biber Jahon chempionati finalidagi shou dasturida ishtirok etadi - Darakchi.uz