AsosiySport

Shahram G`iyosov va Jasurbek Latipov Osiyoning eng yaxshilari deb tan olindi

Osiyo boks konfederasiyasi (ASBC) 2016 yil sarhisobini qilib, turli nominasiyalarda qit`aning eng yaxshi bokschilarini aniqladi. Bu haqda Nuz.uz xabar bermoqda.

O`zbekistonlik bokschi, Rio–2016 Olimpiya o`yinlari kumush medali sohibi Shahram G`iyosov Osiyo boks konfederasiyasi tomonidan “2016-yilning kashfiyoti” nominasiyasida g`olib bo`ldi.

Yana bir O`zbekiston vakili Jasurbek Latipov APB yo`nalishi bo`yicha Osiyoning eng yaxshi bokschisi bo`ldi.

Qolgan nominasiyalarda quyidagi bokschilar g`olib bo`ldi:

Osiyoda yilning eng yaxshi bokschisi – Daniyar Eleusinov (Qozog`iston);

Osiyoda yilning eng yaxshi ayol bokschisi – In Junxua (Xitoy);

Osiyoda yilning eng yaxshi yosh bokschisi – Xayato Susumi (Yaponiya);

Osiyoda yilning eng yaxshi qiz bokschisi – Pan Sumey (Xitoy);

Osiyoda yilning eng yaxshi o`smir bokschisi – Kristian Pitt Lorent (Filippin);

Osiyoda yilning eng yaxshi o`smir qiz bokschisi – Yu Lisay (Xitoy);

Osiyoda yilning eng yaxshi WSB bokschisi – Aslanbek Shimbergenov (Qozog`iston);

Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi – Patrisio Gaspi (Filippin);

Osiyoda yilning eng yaxshi supervayzeri – Karina Pikson (Filippin);

Osiyoda yilning eng yaxshi delegati – Billi Vong (Makao);

Osiyoda yilning eng yaxshi referisi – Jinjing Jang (Xitoy).

Qozog`iston boks federasiyasi Osiyoda 2016 yilning eng yaxshi milliy boks federasiyasi deb topildi.

Boshqa yangiliklar