AsosiyBU QIZIQ

Poytaxt aholisi chang-to'zondan ogohlantirildi

Toshkent shahrida ham shamol tezligi 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.

'Poytaxt aholisi chang-to'zondan ogohlantirildi'ning rasmi

Bugun, 20 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kunduzi respublika bo‘yicha shamol tezligi ayrim joylarda 13–18 metr/soniagacha kuchayadi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi ba’zi vaqtlarda 20–22 metr/soniagacha yetishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida ham shamol tezligi 12–15 metr/soniagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.

    Boshqa yangiliklar

    Poytaxt aholisi chang-to'zondan ogohlantirildi - Darakchi.uz