O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH-2026da eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchilar reytingida 6-o‘rinni egalladi. Bu haqda FIFA rasmiy statistikasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Husanov musobaqa davomida soatiga 36,46 kilometr tezlikda harakatlangan.
Shu tariqa futbolchimiz mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha turnirda 6-o‘rinni, himoyachilar o‘rtasida esa 3-o‘rinni egallagan.
Ushbu natija Abduqodir Husanovning JCH-2026dagi eng yuqori tezlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.






