1

Shahzoda: “Bu yil Yangi yil o`zgacha bo`ladi”

Shou-biznes 29.12.2016, 14:00
Teglar: Shou-biznes, Shahzoda, Yangi yil
Shahzoda:  “Bu yil Yangi yil o`zgacha bo`ladi”

Yil davomida archa o`yinchoqlaridek rango-rang ijodi bilan muxlislarni xushnud etgan, oppoq qordek beg`ubor va albatta samimiyligi bilan ajralib turadigan xonanda Shahzoda “Darakchi” gazetasi mehmoni bo`ldi. 

“Instagram`dagi shaxsiy sahifangizga o`g`lingiz Xolid archa bezatayotgan rasmni joylabsiz. Bu jarayonda sizning o`rningiz qanday?” degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:  

“Hammamiz birga uy bezatamiz. Xolid o`tgan yil kichkina bo`lgani uchun archa bezatolmagandi. Mazkur yil bu ishni o`zi bajardi. Tunga qadar archaning yonidan ketmagan. Dadasi, akasi, enagasi va meni qo`limdan tutib, archa atrofida aylanishimizni so`radi. Ishonsangiz, kun davomida archa atrofida aylandik. Bog`chasida o`rgangan bo`lsa kerak-da (miriqib kuladi). She`r, qo`shiqlar yodlab, bayram oqshomi uchun alohida tayyorgarlik ko`ryapti. Bu yil Yangi yil o`zgacha bo`ladi! Dadasi, men alohida-alohida sovg`alar hozirlab, archa tagiga qo`yamiz. Soatlar 00.00da bong urib,  bayram kelganidan darak berganida odatga ko`ra sovg`alar ochiladi. Lekin Xolidning kun tartibi buzilmasligi uchun soat 22.00da unga tegishli sovg`alar ochiladi. Mana shu jarayonni juda yaxshi ko`radi. O`rgimchak odam libosini sovg`a qilishimni istagandi, lekin administratorim Davron Muqimov mendan avval bu ishga ulgurdi. Endi ‘Qanday sovg`a bilan hayratlantirsam ekan?’ degan savol o`ylantiryapti”.

Shahzoda har yilgi doimiy bayram taomnomasidan o`rin olgan “olmali tovuq” taomidan nega bu yil voz kechdi? Ko`pchilikning sevimli filmiga aylangan “Taqdir hazili yoxud qushdek engil bo`ling” filmini tomosha qilishni nega xushlamaydi? Xonandaning Yangi yilda hech kimga ishonmaydigan ishi, archa tagidan olgan eng yodda qolarli, biroq lahzalargagina etgan quvonchi va sizni qiziqtirgan savollarga “Darakchi” gazetasining bugun, 29 dekabrda sotuvga chiqqan sonidan javob topishingiz mumkin!

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1