AsosiyBU QIZIQ

Maradonaning tarixiy “Qo‘l goli” urilgan to‘pi yana auksionga qo‘yildi

Tashkilotchilar uning 10 mln dollar yoki undan ham qimmatroqqa sotilishini kutmoqda.

'Maradonaning tarixiy “Qo‘l goli” urilgan to‘pi yana auksionga qo‘yildi'ning rasmi

Futbol tarixidagi eng mashhur to‘plardan biri yana auksionga qo‘yildi. 1986 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Argentina va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda ishlatilgan Adidas Azteca to‘pi savdoga chiqarildi. Bu haqda “My Seldon” nashri xabar berdi.

Aynan shu to‘p bilan Diego Maradona futbol tarixidagi eng mashhur ikki golini urgan. Ulardan biri “qo‘l bilan urilgan gol”, ikkinchisi esa keyinchalik “Asr goli” deb tan olingan.

Qariyb 40 yil o‘tganiga qaramay, to‘p o‘zining tarixiy ahamiyati sabab qimmatini yo‘qotmagan. Auksion savdolari 31 iyul kuni 2,5 mln dollardan boshlanadi. Tashkilotchilar uning 10 mln dollar yoki undan ham qimmatroqqa sotilishini kutmoqda.

Mazkur to‘p 2022 yilda 2,37 mln dollarga sotilgan edi. Agar bu safar ham yuqori narxda xarid qilinsa, u Maradonaning o‘sha o‘yinda kiygan futbolkasidan ham qimmatroq sotilgan futbol yodgorligiga aylanishi mumkin.

Futbol muxlislari uchun bu to‘p nafaqat sport anjomi, balki jahon futboli tarixidagi eng buyuk lahzalaridan biri bilan bog‘liq noyob kolleksiya buyumi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar

    Maradonaning tarixiy “Qo‘l goli” urilgan to‘pi yana auksionga qo‘yildi - Darakchi.uz