AsosiyBU QIZIQ

110 yil avvalgi surat: Mo‘g‘ulistonda ayol yog‘och quti ichida saqlangan

1922 yil may oyida National Geographic jurnalida Mo'g'ulistonda 1913 yilda olingan g'alati va bahsli surat chop etilgan.

'110 yil avvalgi surat: Mo‘g‘ulistonda ayol yog‘och quti ichida saqlangan'ning rasmi

Unda boshi chiqib turadigan kichik yog'och quti ichida qamalgan ayol tasvirlangan.

Surat Albert Kanning "Sayyora arxivlari" loyihasi doirasida Mo'g'ulistonga borgan frantsuz fotografi Stefan Passe tomonidan olingan. U keyinchalik National Geographic jurnalida "Qutidagi mo'g'ul mahbusi" mazmunidagi izoh bilan e'lon qilingan.

Jurnaldagi dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ayol xiyonatda ayblangan va ochlikdan o'limga mahkum etilgan. Uning oziq-ovqat va suv olishi cheklangani, quti esa jazo vositasi sifatida qo'llangani aytilgan.

Biroq keyingi tadqiqotlarda bu talqinning haqqoniyligi shubha ostiga qo'yilgan. Ayrim manbalarda suratdagi yog'och quti mahbuslarni tashish yoki vaqtincha saqlash uchun ishlatilgan ko'chma qamoq vositasi bo'lishi mumkinligi qayd etilgan. Ayolning aniq kimligi, nima sababdan qutiga joylangani va uning keyingi taqdiri esa noma'lum.

Shu bois suratga oid "xiyonatda ayblangan ayol ochlikdan o'limga mahkum etilgan" degan ma'lumotni mutlaq haqiqat sifatida qabul qilish qiyin. Ammo suratning o'zi o'sha davrdagi jazo va qamoq amaliyoti haqidagi bahslarning muhim tarixiy dalili bo'lib qolmoqda.

Bugun bunday shafqatsiz munosabat va insonni qadr-qimmatini poymol qiluvchi jazo usullari inson huquqlari va xalqaro huquq me'yorlariga zid hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar