1

Adler sohillaridan Tu-154 qurbonlarining tana qismlari topilmoqda

Dunyo 29.12.2016, 16:44
Adler sohillaridan Tu-154 qurbonlarining tana qismlari topilmoqda

Adler sohil bo`ylaridan Tu-154 samolyoti halokatida qurbon bo`lganlarning tana qismlari topildi.

Hozircha samolyotning hamma qora qutilari ochilgani yo`q, faqat to`liq ekspertizadan so`ng samolyot halokatining aniq sababi ma`lum bo`ladi. Bu haqda RF transport vaziri Maksim Sokolov matbuot anjuman chog`ida ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, qidiruv tadbirlari chog`ida suv tubidan 19 kishining jasadi va 230 dan ortiq tana qismlar topilgan.

Qidiruv operasiyasining faol jarayoni yakunlandi, ammo hududni tekshirish davom etmoqda, deya xabar beradi transport vaziri Maksim Sokolov.

Uning so`zlariga ko`ra, ayni damda suv tubidan samolyot halokati bilan bog`liq barcha narsa yuqoriga olib chiqilgan.

Vazirning ta`kidlashicha, Qora dengiz akvatoriyasida 18 ta kema va turli suzish moslamalari, 50 yaqin g`avvoslar qolmoqda.

Eslatib o`tamiz, 25 dekabr kuni Rossiyaning Mudofaa vazirligiga qarashli Moskvadan Suriyaga yo`l olgan Tu-154 samolyoti Qora dengizga qulagan. Layner bortida 92 kishining barchasi halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1