AsosiyBU QIZIQ

Bugun ob-havo qanday bo'lishi aytildi

29 iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

'Bugun ob-havo qanday bo'lishi aytildi'ning rasmi

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23–25 daraja, kunduzi 37–39 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar