AsosiyBU QIZIQ

Zendaya Tom Holland bilan birga ishlashning sirini ochiqladi

Yangi filmda Tom Holland yana Peter Parker — O‘rgimchak odam obrazini gavdalantirgan bo‘lsa, Zendaya MJ rolini ijro etgan.

'Zendaya Tom Holland bilan birga ishlashning sirini ochiqladi'ning rasmi

Gollivudning mashhur juftligi Tom Holland va Zendaya Londonda "O'rgimchak odam: Yangi kun" filmining premyerasida birgalikda ishtirok etdi. Yaqinda turmush qurgan aktyorlar bu yil Kristofer Nolan suratga olayotgan "Odisseya" filmida ham birga ekranga chiqadi.

Zendayaning aytishicha, turmush o'rtog'i bilan bir maydonda ishlash qiyin emas, aksincha, ular bir-birining eng yaqin do'sti bo'lgani uchun jarayon oson kechadi.

"U bilan ishlash juda yoqimli. Eng yaqin do'stingiz bilan birga ishlashning o'ziga xos qulayligi bor", degan aktrisa.

Yangi filmda Tom Holland yana Piter Parker — O'rgimchak odam obrazini gavdalantirgan bo'lsa, Zendaya MJ rolini ijro etgan.

Premera marosimida Zendaya o'rgimchak to'ri uslubidagi bezaklar bilan ishlangan libosda namoyon bo'ldi. Uning ta'kidlashicha, film mavzusini kiyinish uslubi orqali ham ifoda etishni yoqtiradi.

Tom Holland esa 2016 yildan buyon O'rgimchak odam rolini ijro etib kelayotganini eslatib, yangi film ustidagi ish jarayoni unga katta zavq bag'ishlaganini aytdi.

Aktyor mazkur film uning O'rgimchak odam sifatidagi so'nggi loyihasi bo'ladimi, degan savolga aniq javob bermadi. Shu bilan birga, u kelajakda ham “Marvel” kinematografik olamidagi boshqa qahramonlar bilan bog'liq loyihalarda ishtirok etish istagi borligini ma'lum qildi.

Asolat G'ulomnazarova

    Boshqa yangiliklar