1

Nilufar Usmonova Yangi yilga sovg`a hozirladi

Shou-biznes 31.12.2016, 14:58
Teglar: Nilufar Usmonova, Yangi yil
Nilufar Usmonova Yangi yilga sovg`a hozirladi

Xonanda Nilufar Usmonova yaqindagina “Kel ikkimiz” deb nomlangan yangi qo`shig`i va klipini taqdim etgan edi. Qisqa fursat ichida bu qo`shiq va klip ham avvalgilari kabi muxlislar qalbiga kirib bordi va xalqimiz orasida shiddat bilan ommalashdi. Har bir yaratgan ijod mahsuliga o`zgacha yondashadigan va o`z muxlislarini hayratlantirishni qoyillatadigan xonanda bu safar yana bir kutilmagan yangi loyihaga qo`l urdi. Bu loyiha Gipsu Kings guruhining solisti Manolo y los Gipsy bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Gipsu Kings taniqli va jahonga mashxur guruhlardan biri hisoblanadi. Bu guruhning mahoratli solistlaridan biri Manolo y los Gipsy estradamiz xonandalari ichida Nilufar Usmonova bilan duet kuyladi. Ayni damda poytaxtimizda mehmon bo`layotgan bu ijodkorlar bilan uchrashish imkoniga ega bo`ldik va suhbat davomida o`zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

– Yangi tarona haqida ma`lumot bersangiz...

– Bu qo`shiqni o`zim yozganman. So`zi, musiqa muallifi ham o`zimniki. Ushbu taronani bir yil oldin yozganman. Toshkentga gastrol safari sababli tashrif buyurdik va bu qo`shiqni sizlarning mashxur xonandangiz Nilufar bilan birgalikda ijro etdik.

– Nima uchun duetdoshingiz aynan Nilufar Usmonova?

– Chunki, men uning ovozini ilk bor eshitganimda lol qoldim. So`ng Nilufar bilan tanishishga oshiqdim. Uni qidirib topdim va ilk bor u bilan Moskva shaxrida uchrashdim.  Suhbatimiz davomida u bilan birgalikda qo`shiq aytish taklifini bildirdim. U taronani tingladi va rozi bo`ldi. Bugungi kunga kelib esa taronani ijro qilib, unga klip tasvirga oldirishga ham ulgurdik.

– Oldin mana shunday xonanda borligini bilganmisiz? Uni Primadonna Yulduz Usmonovaning qizi ekanidan xabaringiz bormidi?

–Yo`q, bu xonanda haqida eshitmaganman. Biroq Nilufar Yulduzning qizi ekanligini bilmas edim.

– Bu qo`shiqqa klip ham olindi. Nima deb o`ylaysiz, klip jahon sifati darajasida suratga olindimi? Sizga tasvirga olish guruhining ish uslubi qanchalik yoqdi?

– Bu klipni biz proffessional darajada suratga oldik. U dunyo miqyosi talabiga javob beradi. Shuning uchun uni qo`rqmay dunyoning istalgan joyida namoyish qilsak bo`ladi. Shuningdek, nafaqat sizning yurtingizda, balki, dunyoning bir nechta davlatlarida ham premera qilinadi. Ijodiy guruhga keladigan bo`lsak, ular juda mahoratli. Ular bilan ishlash juda maroqli kechdi.

– Hamkorlini davom ettirish niyatingiz bormi?

–Albatta. Biz allaqachon ikkinchi duet ustida ham ish boshladik. Nilufar bilan hamkorlikda uzoq yillar davomida olib borish istagimiz bor. Qolaversa, Nilufarga birgalikda yangi albom yaratishni ham taklif qildim. Unda faqat ikkimiz ijro etgan qo`shiqlar o`rin oladi. Toshkentga keyingi tashrifim chog`ida Nilufar bilan birga konsert dasturini taqdim etish istagim ham bor. So`zim so`ngida O`zbekistonning barcha aholisini yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Yangi yil yurtingizga baraka olib kelsin va mana shunday har doim gullab yashnasin. Bayram muborak!

“Baila soledad”  deb nomlangan bu qo`shiq ispan tilidan tarjima qilinganda “Yolg`izlik raqsi degan ma`noni bildiradi. Mazkur tarona va klip yangi yilning ilk haftasida premea qilinishi ko`zda tutilgan. Klip rejissyori Sarvar Isaev. Trek janridagi mazkur video asarni suratga olish jarayonidan taqdim etilgan fotosuratlarni  tomosha qiling.

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1