Unga ko‘ra, hafta boshida respublika hududining aksar qismida havo biroz bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi +42 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi +23...+25, kunduzi +37...+39 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +21...+26 daraja, cho‘l hududlarida +27...+30 darajagacha, kunduzi esa +37...+42 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +21...+26, kunduzi +35...+40 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +21...+26, kunduzi +37...+42 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +21...+26, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18, kunduzi +26...+31 daraja bo‘lishi kutilmoqda.






