1

2016 yilda “yulduz”ini topgan mashhurlar

Shou-biznes 03.01.2017, 10:12
Teglar: Shou-biznes, To`y, 2016 yil
2016 yilda “yulduz”ini topgan mashhurlar

Tobora yakuniga etib borayotgan 2016 yil ko`pchilik san`atkorlar uchun ijod borasida sermahsul bo`ldi. Ayrim ijodkorlar shaxsiy hayotida ham tub burilish yasay oldi. To`ylar mavsumi o`tgan yilgidek bo`lmagan bo`lsa-da, juftini topganlar etarlicha. Har yilgidek an`anani davom ettirgan holda yil davomida o`tgan quvonchli voqealarga to`xtalib o`tamiz...

IShDAGI IShQ
1. To`ylar mavsumini teleboshlovchi Oyxon Iforzoda ochib berdi. 23 fevral canasida hamkasbi Nodirshox bilan baxt to`yini o`tkazishdi. 
Oyxon Iforzoda: — Sevgi tariximizni ishdagi ishq, desa ham bo`ladi. Turmush o`rtog`im bilan bir-birimizni 10 yildan oshiq taniymiz, do`stona munosabatda bo`lganmiz. Asta-sekin munosabatlarimiz muhabbat rishtalari bilan bog`landi. Ota-onalarimizning duosi bilan turmush qurdik, shukr baxtlimiz! 

TAVALLUD KUNDAGI TO`Y
2. Estafetani yana bir teleboshlovchi Davron Kabulov davom ettirgan holda 23 mayda bo`ydoqlar safini tark etdi. To`yning aynan shu sanada o`tganining boisi Davron Kabulov 23 mayga oddiy kundek qaramaydi. Chunki bu kun teleboshlovchining volidasi tavallud topgan sana. Davron Kabulovning rafiqasi E`zoza “Afruz” guruhi vakillaridan biri Jamshid Umarovning qaynsinglisi.

YaNA BIR “YuLDUZ”LI JUFTLIK
3. 5 iyun xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodievaning muxlislarini bir erga jam qildi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Shu kuni san`at olamida ijodkorlar juftligi yana bittaga ko`paydi. Sevimli xonandamiz Tohir Sodiqovning “Kel yashaylik biz birga” qo`shig`iga vals tushgan kelin-kuyov bir umr baxt “ummon”ida birga yashashlarini tilab qolamiz.

BIR KO`RIShDAGI QAROR!
4. Uzoq yildan so`ng yana ijodga qaytgan xonanda Alisher Rahmatullaev shaxsiy hayotida ham yangi “sahifa” ochdi. Aniqrog`i, 29 iyulda uylandi. 
Alisher Rahmatullaev: — Rafiqam bilan bir qiz o`rtog`im tanishtirgan. Bir ko`rishdayoq, Zilolaning ko`zlariga boqib, taqdirimga yozilgan qiz shu ekaniga amin bo`lganman. To`yimiz 4 oy ichida bo`ldi. Shukr, baxtlimiz!     

«UMMON»DAGI BO`YDOQLAR BITTAGA KAMAYDI
5. Qizlarning sevimli guruhlaridan biri “Ummon”ning yana bir vakili Shohrux Isomuhammedov 15 avgustda rafiqasi Aziza bilan baxt kunini yaqinlari davrasida nishonlashdi. 

“TO`YLAR MUBORAK” BIRLAShTIRGAN JUFTLIK
6. Uzoq yillardan buyon juftini izlayotgan xonanda Karen G`afurjanovning bo`yniga  nihoyat 20 sentyabrda olaxurjun tushdi. 2015 yil 31 mayda o`tgan “To`ylar muborak” festivalida jurnalist Sadoqat Aslanova bilan tanishib qoladi. Shu kuni bog`langan do`stlik rishtasi vaqt o`tib, o`z o`rnini sevgiga bo`shatib berdi.  

ChET ELDAGI TANIShUV
7. Iste`dodli aktrisa Shahzoda Matchonova 25 noyabrda baxt oqshomini yaqinlari va hamkasblari davrasida o`tkazdi. Eslatib o`tamiz, aktrisa turmush o`rtog`i Omar bilan chet eldagi sayohati davomida tanishishgan.  

Bilasizmi?


TARKAN MUXLISASIGA UYLANDI

2016 yil turkiyalik taniqli xonanda TARKAN bir necha yil avval Germaniyada o`tkazilgan konsertida tanishgan ashaddiy muxlisasi Pinar Dilek bilan oila qurdi. Ularning nikoh oqshomi Istanbulda joylashgan Tarabaya bog`ining hashamatli villasida bo`lib o`tdi. 

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...
O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berildi

20.09.2021, 10:56

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1