Salat bargi tarkibida B, E, PP, K, A va boshqa ko`pgina foydali vitaminlar mavjud. Bu ko`katda moddalar almashinuvini boshqaruvchi, asab va qon aylanish tizimiga ijobiy ta`sir etuvchi foliy kislotasi mavjud bo`lib, ayniqsa homiladorlarga tavsiya etiladi.
1. Aterosklerozning oldini olish, organizmdan xolesterin moddasini chiqarish uchun salat bargini maydalab, sabzavotli sharbatlar bilan aralashtirib ichish lozim.
2. Surunkali gastrit, oshqozon yarasi va o`n ikki barmoqli ichak kasalliklarida har kuni taomlanishdan avval 2 osh qoshiq maydalangan salat bargidan iste`mol qiling.
3. Qorningiz og`rib, jig`ildoningiz qaynayaptimi, unda 50 gr. salat bargi va 200 ml. iliq suvni mikserda aralashtirib kokteyl tayyorlang. So`ng oz-ozdan iching.
4. Uyqusizlikda yangi salat bargini bir osh qoshiq miqdorida maydalab shisha idishga soling-da, bir stakan qaynagan suv quying. Damlama sovigandan so`ng, uni bir necha qavatli dokadan o`tkazib olib, bir kunda 3 marta 100 gr.dan iching.
5. Sochlar to`kilganida maydalangan salat barglari sochga niqobday surtiladi va uqalanadi. Uqalash paytida salat bargi suvini imkon qadar soch ildizlariga singdirish tavsiya etiladi. So`ng boshni polietilen bilan o`rab yarim soatga qoldiring.
6. Quruq yuzlar uchun, 2-3 katta salat barglarining ichki qismiga, ozgina ilitib olingan o`simlik yog`idan surting-da, yuzingizga qo`ying. 15 daqiqadan so`ng barglarni olib tashlang va iliq suvda yuzlarni yuving. Suvli barglar yuzlarni tinchlantirib, oziqlantiradi.