AsosiyJamiyat

Toshkentda bundan buyon avtobus va metro yo`nalishlari bir-birini takrorlamaydi

Toshkentda yo`lovchilarni metropolitenga jalb etish uchun shahar va shahar atrofi bo`ylab qatnovchi er usti jamoat transport yo`nalishlari optimallashtirilmoqda. Mazkur choralar O`zbekiston Prezidentining oktyabrdagi «Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori ijrochi yuzasidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda
  
«Toshkent metropoliteni» korxonasi tashish rentabelligini oshirish uchun er usti transport turlari yo`nalishlarining metropoliten tarmoqlari bilan takrorlanishini bartaraf etish hamda metro stansiyalariga yo`lovchilarni etkazuvchi er usti transportining alohida yo`nalishlari uzunligi va harakat rejalarini o`zgartirish vazifasi ham topshirilgan.

Bundan avvalroq poytaxt metropoliteni tarmog`ini rivojlantirish, yo`lovchilar oqimini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga moliyaviy-xo`jalik faoliyati samaradorligi va rentabelligini oshirish maqsadida «Toshkent metropoliteni» DUK «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tashkiliy tuzilmasiga o`tkazilgani xabar qilingan edi.

Noyabrda davlat rahbari 2017−2019 yillarda metroning Yunusobod tarmog`ining 2,7 mk lik ikkinchi bosqichini qurilishini tasdiqladi. Bir vaqtning o`zida Chilonzor yo`nalishining «Olmazor» bekatidan Sergeli tumaniga uzunligi 7,1 km bo`lgan yangi er usti tarmog`i qurilishi ham boshlandi.

Boshqa yangiliklar