1

Filippin qamoqxonasiga bo`lgan hujum oqibatida 130 nafar mahbus qochib ketdi

Dunyo 04.01.2017, 12:00
Filippin qamoqxonasiga bo`lgan hujum oqibatida 130 nafar mahbus qochib ketdi

Filippindagi qamoqxonaga terrorchilarning hujum qilishi oqibatida 130 nafar mahbus qochib ketishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Mahalliy jangarilarning hujumi natijasida qamoqxonadagi mahbuslar qochib ketgan. Hujum paytida qamoqxona qo`riqchilaridan biri halok bo`lgan, bir nafar mahbus yaralangan. Ayni vaqtda qochgan mahbuslardan 2 nafari qo`lga olingan, qidiruv ishlari davom etmoqda.

Mahalliy qishloq rahbarlaridan biri qishloq aholisi qamoqdan qochgan mahbuslarni tutishda hukumatga yordam berganini, bir nafar mahbusni qo`lga olishganini, mahbuslarning tinch aholiga hujum qilmasligi uchun barcha chora-tadbirlarni ko`rganligini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1