AsosiyJamiyat

5 yanvar kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir, qor yog`ib, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir, qor yog`ib, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar