AsosiyDunyo

Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi nomi e`lon qilindi

Aviasiya xavfsizligi bo`yicha Germaniya markazlaridan biri JACDEC (Jet Airliner Crash Data Evaluation Centre) aviakompaniyalarning xavfsizlik reytingini e`lon qildi.

Mazkur ro`yxatda birinchi pog`onani Gonkongning Cathay Pacific aviakompaniyasi egalladi.

Ilk beshtalikdan — Yangi Zelandiyaning Air New Zealand, Xitoyning Hainan Airlines, Qatarning Qatar Airways va Niderlandiyaning KLM aviakompaniyalari o`rin oldi. Eng a`lo o`ntalikka Japan Airlines yakun yasadi.

Aslida mazkur ro`yxatdan 60 ta aviakompaniya joy egallaydi, hozircha esa ro`yxatning bir qismigina e`lon qilingan: 12 ta ilk pog`ona (12-o`rindan —Lufthansa Germaniya) va uchta eng ohirgi (60-o`rinda — China Airlines). To`liq ro`yxat joriy yilning 18 yanvar kuni e`lon qilinadi.

Reyting 2016 yilda sodir bo`lgan aviasiya hodisalari asosida tuzilgan, deb yozadi Lenta.ru.

Boshqa yangiliklar