1

Umrini plastik tog`ora ichida o`tkazayotgan 19 yoshli qiz (Foto)

Dunyo 05.01.2017, 14:58
Teglar: Qiz
Umrini plastik tog`ora ichida o`tkazayotgan 19 yoshli qiz (Foto)

Nigeriyada yashovchi 19 yoshli Rama Horuniy bedavo dardga chalingan, uning boshi rivojlangan bo`lsa-da, tana qismi tug`ilganda qanday bo`lsa, shundayligicha o`smay qolgan, deb xabar berdi “Miladynews.ru” nashri.

Uning tanasi 6 oylik chaqaloqning tanasini eslatadi, qo`l-oyoqlari esa ishlamaydi. Qiz tanasidagi og`riqlardan juda qiynaladi. Rama asosiy vaqtini plastik tog`ora ichida o`tkazadi. Unga nogironlik aravachasi ham noqulaylik tug`diradi.

“6 oylik bo`lgunga qadar qizim sog`lom edi. O`tirishni o`rgangandan keyin esa rivojlanishdan orqada qoldi. Shu bilan emaklay olmadi. Tibbiyot uning dardiga davo topolmadi. Oilamizning barcha a`zolari uning ko`nglini ko`tarishga, xursand qilishga harakat qiladi. Uni hech qachon yolg`iz qoldirmaymiz. Rama mo``jiza ro`y berib, tuzalib ketishiga ishonadi”.

Rama ayniqsa, 10 yoshli ukasi Fahad bilan juda inoq. Fahad ham opasini juda yaxshi ko`radi. Opasining dardlarini his qilgan Fahad uning azoblarini engillashtirish maqsadida sayrga olib chiqadi, yordam beradi. Rama mehmonga borishni yoqtiradi. 

Ramaning ota-onasi 15 yil mobaynida uning dardiga davo izladi, ammo buning iloji bo`lmadi. Ramaning kasalligi nigeriyalik tibbiyot xodimlarini boshi berk ko`chaga kiritib qo`ydi. Ba`zi bir vrachlar esa buni hatto “Jinning ishi” deb atashdi.

“Bir kuni Rama bilan supermarketga bordim,– deydi Ramaning onasi.– U erda olijanob bir inson qizimga nogironlik aravachasini sovg`a qildi va qizimning suratlarini mahalliy gazetaga berdi. Shundan keyin saxovatpesha odamlar bizga yordam beradigan bo`ldi”. Hozirda Ramaning ota-onasi tibbiyot xodimlari va xayriya tashkilotlarining qiziga e`tibor qaratishlariga umid qilmoqda.

Sabr-qanoatli qiz tuzalib ketishiga, baxtli bo`lishiga ishonib, kun kechirmoqda: “Men hamma narsa uchun Yaratganga shukrona keltiraman. Agar tuzalib ketsam, kelajakda inson yashashi uchun zarur bo`lgan barcha narsalar sotiladigan oziq-ovqat do`konini ochishni niyat qildim. Mana shu orzumga etishish uchun ham barcha qiyinchiliklarga chidashga roziman”.

Sharhlar

Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Kosonda joniga qasd qilgan o`quvchi qizning sumkasidan xayrlashuv maktubi chiqqanmidi?

14.12.2019, 20:26

Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik....
​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI

11.07.2017, 14:37

Freeform kanali va Marvel Television “Yangi jangchilar” serialidagi bosh qahramon roli ijrochilarini topdi, deb yozadi “Anons.uz”. Yangi serialda bosh qahramonni asli o`zbekistonlik bo`lgan 30 yoshli...
​QIZIGA GULLAR VA KO`KATLARDAN TAYYoRLANGAN “LIBOS KIYDIRADIGAN” ONA (FOTO)

11.07.2017, 14:36

Aksariyat ota-onalardan farqli ravishda rassom Aliya Chaglar qiziga turli eguliklar va gullardan tayyorlangan “kiyimlarni kiydiradi”, deb xabar berdi Onedio.ru nashri. Aliya Chaglar 3 yoshli qizi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1