AsosiyDunyo
9203

Xitoyda ona telefonda yozishayotgan vaqtda farzandi cho`kib ketdi (Video)

Xitoyda to`rt yoshar bola onasidan bir necha metr masofada bo`lgan suv havzasiga cho`kib ketdi. Ona farzandi o`layotgan chog`da telefon orqali yozishma bilan band bo`lgan.

Hodisa Shensi provinsiyasining Syanyan shahrida 3 yanvar kuni sodir bo`ldi.

Sina portali bola cho`kayotgan chog`da onaning telefonda yozishayotgani aks etgan videoni joyladi. Shuningdek videoda suv havzasida boshqalar ham borligi ko`rinib turibdi, biroq ulardan hech biri bolaning cho`kayotganini ko`rmagan.

Portal ma`lumotlariga ko`ra, suv havzasining chuqurligi bolalar qismida 30 santimetrdan baland bo`lmagan, biroq bola bo`lgan joyda chuqurlik bir metrga etgan. Ayol yozishmani tugatgach, bolasini qoldirib suv havzasining boshqa qismiga o`tgan.

China Business News gazetasining aniqlashtirishicha, bola uch daqiqa davomida cho`kkan. Uning jasadini suv havzasidan 3 soat izlashgan, deb yozadi Life.ru.

Boshqa yangiliklar