AsosiyShou-biznes

“Muhabbat tafti” seriali orqali tanilgan Barun Sobti o`zbek filmida suratga tushdi

O`zbek kinotomoshabinlariga “Muhabbat tafti” nomli hind seriali orqali tanish hindistonlik aktyor Barun Sobti o`zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevadi, sevmaydi” filmida suratga tushdi.

Taqdimoti 10 yanvar kuni bo`lib o`tishi kutilayotgan mazkur kinokartina haqida ma`lumot olish maqsadida “Daryo” film prodyuseri Ruslan Mirzaev bilan bog`landi.

Foto: “Daryo”

Hindistonlik aktyor Barun Sobtining O`zbekistonga kelishi o`z vaqtida ancha shov-shuvga sabab bo`lgan edi. O`sha vaqtda u reklama roligi va klipda suratga tushish taklifiga rad javobini bergani haqida gap-so`zlar tarqalgan edi. Ayting-chi, hind aktyorini filmingizda suratga tushishga qanday ko`ndirdingiz?

— Filmda aynan Barun Sobtiga aloqador kadrlar bor edi. Uning O`zbekistonga mehmon bo`lib kelishi biz uchun ayni muddao bo`ldi. Filmda haqiqatan ham unga bog`liq kadrlar borligini tushuntirganimizdan so`ng, Sobti taklifimizga rozilik bildirdi. Hindistonlik aktyor “Sevadi, sevmaydi”da bosh rolni ijro etmagan, ammo filmni tomosha qilib, uning ijrosidagi sahnalar qiziqarli chiqqaniga guvohi bo`lasiz.

Foto: “Daryo”

— Filmda bosh rollarni kimlar ijro etgan?

— Bosh rollarni O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Saida Rametova va Xosiyat Husanova, shuningdek, Sanjar Shodiev, Zuhra Solieva, Sitora Alimjonova, Umid Ergashev kabi aktyorlar ijro etgan.

— Film premerasiga Barun Sobti ham keladimi?

— Filmda rol ijro etgan boshqa aktyor-aktrisalar qatori Barun Sobtini ham taqdimotga taklif qilganmiz. Ammo kelish-kelmasligi masalasida aniq bir gap ayta olmayman.

Boshqa yangiliklar