1

AQSh davlat departamenti ben Ladinning o`g`lini qidiruvdagi terrorchilar ro`yxatiga qo`shdi

Dunyo 06.01.2017, 12:41
Teglar: Terror
AQSh davlat departamenti ben Ladinning o`g`lini qidiruvdagi terrorchilar ro`yxatiga qo`shdi

AQSh davlat departamenti “Al-Qoida” terrorchilik guruhining sobiq rahbari va asoschisi bo`lgan Usama ben Ladinning o`g`li Hamzani huquq-tartibot idoralari tomonidan qidirilayotgan terrorchilar ro`yxatiga qo`shdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Mazkur idoraning bergan ma`lumotiga ko`ra, 2015 yilning 14 avgustida “Al-Qoida” terrorchilik guruhining amaldagi rahbari Ayman az-Zavohiriy Hamza ben Ladinni rasman terrorchilik tashkilotiga safiga qabul qilgan.

AQSh davlat departamenti Hamza ben Ladinni AQSh fuqarolari xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy terrorchilar ro`yxatiga qo`shdi. O`tgan yilning iyul oyida Hamza ben Ladin otasining o`limi uchun AQSh hukumatidan o`ch olishga va`da bergan.

Sharhlar

​ShAVKAT MIRZIYoEV POKISTON VA AFG`ONISTON DAVLAT RAHBARLARIGA HAMDARDLIK MAKTUBI YO`LLADI

26.07.2017, 12:24

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston hamda Afg`oniston Islom Respublikalari rahbarlariga maktub yo`lladi. Ularning matni TIV rasmiy saytida e`lon qilindi. Xususan, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti...
​Tripoli plyajiga raketa tushishi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 25 kishi yaralandi

05.07.2017, 12:02

Liviya poytaxti Tripoli shahar plyajiga raketa tushishi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 25 kishi yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.Voqea 4 iyul kuni Mitiga aeroporti...
​Parij machiti yoniga o`rnatilgan to`siq odamlarni terrorchi hujumidan asradi

30.06.2017, 10:59

Kecha Parij yaqinida joylashgan Kretey shahridagi machitga kelgan odamlarga avtomashinada hujum qilmoqchi bo`lgan terrorchining niyati amalga oshmadi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Avtomashina haydovchisi machitdan...
​Filippin janubida jangarilar maktabga hujum qildi

21.06.2017, 10:29

Filippin janubida “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan yaqin aloqada bo`lgan jangarilar maktabga hujum qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, jangarilar o`quvchilarni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1