AsosiyDunyo
6055

Germaniyadagi dengiz qirg`oqlari ichida o`yinchog`i bo`lgan tuxum shaklidagi plastmassa o`yinchoqlarga to`ldi. Video

Germaniyaning Langeog orolida Shimoliy dengiz qirg`oqlari ichida o`yinchog`i bo`lgan tuxum shaklidagi minglab o`yinchoqlarga to`lib-toshdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Taxminlarga ko`ra, bu tuxumli o`yinchoqlar konteyner ichida bo`lib, u Bremerxafen yo`lida yo`qolgan yuk kemasida bo`lgan. Mahalliy aholi dengiz qirg`oqlarini tozalash ishlari bilan band. Mahalliy bog`cha xodimasi Sabina Birkfeld o`yinchoqlarni yig`ishtirish uchun 27 nafar bog`cha bolasini olib kelgan, ammo o`yinchoqlar ko`p bo`lganidan qirg`oqni batamom tozalashning iloji bo`lmagan. Qirg`oqda shu bilan birga Lego konstruktorlik o`yinchoqlari ham bo`lgan.

Langeog meri Uve Garrelsp avvaliga buni mo``jiza, deb o`ylaganini tan oldi. Ammo keyinchalik muammoning jiddiyligini angladi.

“Plastik o`yinchoqlar atrof-muhit va dengiz jonivorlari uchun juda xavfli va zararlidir”, dedi mer.

Mahalliy aholi payshanba kuni kun bo`yi dengiz qirg`og`ini o`qinchoqlardan tozalash bilan mashg`ul bo`lgan. O`yinchoqlar bir yarim kilometr masofagacha bo`lgan qirg`oqni egallagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar