AsosiyDunyo
10848

Icroillik vrachlar saratonga qarshi vaksinani yaratishdi. 2017 yilda butun dunyo g`alabani nishonlaydi!

Mazkur vaksina ayni paytda Isroilning Ierusalim shahridagi “Xadassa” klinikasida sinovdan o`tkazilmoqda, deb xabar berdi “Newsgood.com.ua” nashri. 

Yangi vaksina 2017 yildan qo`llana boshlaydi, undan nafaqat onkologik kasalliklarni davolash, balki saraton kasalligining oldini olish maqsadida ham foydalanish ko`zda tutilgan. 

Vaksina qon saratonini davolash, ya`ni ko`plab mielomalarni davolashda ishlatiladi. Agar u kutilgan natijani bersa, saraton kasalliklarining 90 foizini, ya`ni prostata va ko`krak bezi saratoni, turli tuman o`simta-bezlarni davolash imkonini beradi.

Saraton kasalligida organizm “noto`g`ri” ishlayotganini biladi, ammo immun tizimi o`zini o`simta, bezlardan qanday himoya qilishni “yaxshi bilmaydi”. Bunga organizmning shaxsiy hujayralari — saraton hujayralarining noto`g`ri rivojlanishi sabab bo`ladi. Saratonga chalingan bemorning immun tizimi nafaqat kasallik tufayli, balki davolash jarayonida ham kuchsizlanib qoladi.

Yangi vaksinaning vazifasi paydo bo`lgan xavfga qarshi immun tizimining kurashini faollashtirishga qaratilgan. Mazkur vaksina immun tizimining “begona bosqinchilar”ga qarshi kurashini kuchaytiradi. Kasallikka chalinmagan sog`lom odamga saratonning oldini olish uchun vaksina qilinadi, saratonga chalingan bemorlarni esa davolash xususiyatiga ega.

Saratonning so`nggi bosqichlarida kasallikni davolash ilgarigidek kimyoterapiya yoki jarrohlik operasiyasini o`tkazishni talab qiladi. Bunday hollarda vaksina kasallik qaytarilishining oldini olish maqsadida ishlatiladi.

Boshqa yangiliklar