AsosiyDunyo

Jay-Z va Beyonse Barak Obamaning Oq uydagi xayrlashuv kechasini qizdirdi

Barak Obamaning AQSh prezidentligi lavozimidan ozod etilishi munosabati bilan Oq uyda o`tkazgan xayrlashuv oqshomiga dunyoga mashhur Beyonse, Robert De Niro, Pol Makkartni va Jay-Z lar tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Xayrlashuv oqshomi mahalliy vaqt bilan 20:30 da bo`lib o`tdi. Yuqorida nomlari sanab o`tilgan mashhurlardan tashqari tadbirda Stiven Spilberg, Jorj Kluni va teleboshlovchi Opra Uinfrilar ham ishtirok etdi.
 
“Men Oq uyni tark etishdan oldin xayrlashuv kechasi o`tkazishni rejalashtirdim”, - dedi Barak Obama.
 
Nashr Barak Obamaning lavozimidan ketishi munosabati bilan uyushtirilgan kechaga juda ko`plab mashhurlar yig`ilganligini, Donald Trampning inaugurasiyasiga ham bunchalar ko`p mashhurlar kelishi dargumonligini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar