AsosiyDunyo

“Oltin globus”ning ilk g`oliblari aniqlandi

AQShning Los-Anjeles shahrida Gollivudning “Oltin globus” tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Ilk nomlari e`lon qilingan g`oliblar orasida “La-la-Lend” myuzikl-komediyasidagi roli uchun aktyor Rayan Goslingga mukofot nasib bo`ldi. Mazkur filmda unga partnyorlik qilgan aktrisa Emma Stoun esa eng yaxshi aktrisa unvoniga sazovor bo`ldi.

 “La-La-Lend” komediyasi  film ijodkori Demen Shazellaga uchta “Oltin globus”ni hadya etdi. Film eng yaxshi rejissura, eng yaxshi musiqa va eng yaxshi ssenariy nominasiyalarida ham g`oliblikni qo`lga kiritdi. Film uchun yaratilgan City of Stars qo`shig`i esa eng yaxshi saundtrek, deb e`lon qilindi.
 
“Tungi ma`mur” mini-serialidagi roli aktyor Tom Xiddlstonni eng yaxshi aktyor nomiga sazovor qildi. Unga s`yomka maydonchasida hamrohlik qilgan partnyori Xyu Lori ikkinchi darajali rollarni o`ynovchi eng yaxshi aktyor deb topildi. 

Eng yaxshi chet el filmi nominasiyasida fransuz ijodkorlarining “U” (“Ona”) filmi g`olib bo`ldi. “Zveropolis” eng yaxshi animasion film, qirollik oilasi haqida so`zlovchi “Toj” filmi eng yaxshi dramatik serial, deb tan olindi.

Shuningdek, “Amerika jinoyatlar tarixi” mini-seriali va unda rol ijro etgan Sara Polson mini-serialning eng zo`r aktrisasi, “Goliaf” serialidagi roli uchun Billi Bob Tornton eng yaxshi dramatik aktyor, “Atlanta” komediya seriali va unda ishtirok etgan aktyor Donald Glover eng yaxshi komediya aktyori, “Qoramtir” sitkomidagi roli uchun Treysi Ellis Rosslar eng yaxshi komediya aktrisasi unvoniga sazovor bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar