AsosiyDunyo

Ierusalimda sodir etilgan terakt aks etgan video paydo bo`ldi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Ierusalimda yuk mashinasining odamlarni bosib ketgani aks etgan terakt haqidagi video paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Segodnya.ua” nashri.  

Polisiya matbuot xizmatining xabar berishicha, Isroil davlatiga tegishli sariq raqamli  Mercedes rusumli yuk mashinasi avtobusdan tushib, piyodalar yo`lakchasida turgan bir guruh Isroil harbiylarini bosib ketgan.

Avtomashina haydovchisi yo`q qilingan. Rulda Isroil davlati fuqarosi bo`lgan, Ierusalimning Jabl Mukabr kvartalida yashovchi, arab millatiga mansub erkak bo`lgan.

“Magen David Adom” tez yordam xizmatining xabar berishicha, “Adasa Eyn-Kerem”, “Adasa Ar a-Sofim” va “Shaarey Sedek” nomli Ierusalim kasalxonalariga olib kelingan 15 nafar jabrlanganlardan biri o`ta og`ir ahvolda, 4 kishining holati o`rtacha baholanmoqda, 10 kishi esa engil tan jarohati olgan.

Mazkur terakt oqibatida, 20 yoshda bo`lgan 3 nafar qiz va 1 yigit halok bo`lgan.

Boshqa yangiliklar