AsosiyDunyo

Florensiyada qirg`oq o`pirilishi oqibatida avtomashinalar suvga g`arq bo`ldi

Yaqinda Florensiyaning mashhur Ponte Vekko ko`prigi yaqinida Arno daryosining qirg`og`i o`pirilishi oqibatida, yo`l chetida turgan 20 ta avtomashina suvga g`arq bo`ldi, deb xabar berdi “Morediva.ru” nashri.

Qirg`oqning emirilishiga suv sabab bo`lgan. Shahar merining shaxsan o`zi hech kim jabrlanmaganligini, ammo ko`rilgan zarar miqdori juda kattaligini ma`lum qilgan.

O`pirilgan joyning chuqurligi 200 metrni tashkil etgan. Shahar aholisining xavfsizligini ta`minlash maqsadida qirg`oq bo`yidagi avtomobil harakati to`xtatib qo`yilgan. Voqea joyiga qutqaruv xizmati xodimlari etib kelgan.

Boshqa yangiliklar