AsosiyDunyo
4339

Novosibirskdagi akvaparkda bolaning oyog`i basseyn to`sig`iga tiqilib qoldi

Qutqaruvchilar Rossiyaning eng katta akvaparklaridan biri joylashgan, usti yopiq basseynda devor va alyumin to`siq orasiga oyog`i qisilib qolgan bolani qo`tqarishdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Voqea yakshanba kuni kechqurun ro`y bergan. Qutqaruvchilarga 2009 yilda tug`ilgan bola basseynda oyog`i qisilib qolganligi haqida xabar berilgan. Bolaning o`zi mustaqil ravishda basseyndan chiqolmagan. Qutqaruvchilar bolaga basseyndan chiqishga yordam berib, uni ota-onasining qo`liga topshirgan.

Narxi 4,5 milliard bo`lgan mazkur “Akvamir” akvaparki 2016 yilning 7 oktyabrida foydalanishga topshirilgan bo`lib, unda turli attraksionlar va saunalar mavjud. Bu akvapark kuniga 2,6 nafar, sutkasiga esa 10 mingga yaqin odamni qabul qiladi. Akvaparkning umumiy maydoni 35 ming kvadrat metr bo`lib, uning 11 ming kvadrat metri suvli hududni tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar