Turkiyaning Anqara shahridagi Rossiya elchixonasi joylashgan ko`chaning nomi o`zgardi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Qoryog`di ko`chasi marhum Rossiya elchisi Andrey Karlov sharafiga qayta nomlandi. Elchi 2016 yilning 19 dekabr kuni otib o`ldirilgan edi.
Ko`chani qayta nomlash tashabbusini Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho`g`li ilgari surgan.
Rossiyalik diplomatni otib o`ldirgan 22 yoshli turkiyalik polisiyachi Mavlud Oltintosh hodisa joyida maxsus xizmat tomonidan yo`q qilingan edi.
Andrey Karlovga hujum Turkiya poytaxtida ish boshlagan Rossiya haqidagi fotoko`rgazmada sodir etilgan edi.





