O`zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug`i bilan Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi, deb xabar qildi “Gazeta.uz” “Postda” gazetasiga asoslanib.
Muqaddam (2015 yil iyundan) ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari — IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig`i bo`lgan polkovnik Tursunpo`lat Toshpo`latov Navoiy viloyat IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Jizzax viloyatiga polkovnik Rustam Tursunov rahbar etib tayinlandi.





