AsosiyJamiyat

Sankt-Peterburgda 22 yoshli o`zbekistonlik fuqaroni poezd bosib ketdi

Bugun, 10 yanvar kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida baxtsiz hodisa yuz berdi. O`zbekistonlik 22 yoshli fuqaro “Aleksandr Nevskiy maydoni” metro bekati stansiyasidagi relsga yiqilib ketish oqibatida halok bo`ldi, deb yozadi “1news.uz”.

“Bu harakat qasddan sodir etilmagan. Erkakni relsdan chiqarib olishganida u tirik edi. U og`ir tan jarohati olgani bois ko`p o`tmay vafot etdi”,—deyiladi metropoliten matbuot xizmati xabarida.

Hozircha fojia sabablari ma`lum emas. Ammo, bir narsa aniqki, yigit o`z joniga qasd qilmagan.

Metropolitenning fojia yuz bergan qismida poezdlar harakati 20 daqiqaga to`xtatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa guvohlarining ma`lumotlari paydo bo`ldi. 

“Men yo`lovchini urib ketgan poezdda ketayotgan edim. Poezd signal bermadi, biz odatdagidek to`xtadi, deb o`yladik. Vagonda hamma o`z joyida o`tirardi. Biroq, bizni bekatga chiqarishmadi. Jabrlanuvchi men o`tirgan poezdning ostida qolgan ekan.  Odamlar poezd ostiga qarar, og`izlarini qo`llari bilan berkitar edi. Hammani bir savol qiynardi: ‘U qanday qilib poezd tagida qoldi?’. Poezdning bir qismi tonnel ichida qolgan edi”,—deb yozadi peterburglik Elena ismli foydalanuvchi o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

    Boshqa yangiliklar