Amerikaning Michigan shtatida Moo-ville Creamery kompaniyasi dunyodagi eng uzun sandey (muzqaymoqli desert) tayyorlab, Ginness rekordlar Kitobiga kirdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Rekordli shirinlikning uzunligi 1110 metrga cho`zildi. Unga 3200 litr muzqaymoq, 360 litr shokoladli sirop, 172 banka qaymoq va 7200 olcha mevasi kerak bo`ldi. Shirinlikni bir yarim kun davomida 250 yaqin ko`ngillilar tayyorlashdi.
Uch oy avval eng uzun muzqaymoqni qo`shni Ludington shahrida tayyorlashgandi. O`shanda House of Flavors kompaniyasi 910 metr uzunlikdagi sandeyni tayyorlagandi.





