1

“Paxtakor” xorvatiyalik futbolchini o`z safiga qo`shib oldi

Sport 10.01.2017, 16:31
“Paxtakor” xorvatiyalik futbolchini o`z safiga qo`shib oldi

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi xorvatiyalik himoyachi Yurisa Bulyatni o`z tarkibiga qo`shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda

31 yoshli himoyachi "sherlar" bilan yil oxirigacha mo`ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U o`tgan yili oliy ligada "Bunyodkor" sharafini himoya qilgandi.

Faoliyati mobaynida Bulyat Xorvatiyaning "Zadar" va "Xayduk", Isroilning "Makkabi", Germaniyaning "Energi" va Ukrainaning "Metallist" jamoalarida ham to`p tepgan. 2012 yilgi Evropa chempionati final bosqichida Xorvatiya terma jamoasi bilan ishtirok etgan.

Xorvatiyalik himoyachining klubimizdagi faoliyati omadli chiqishi va u "Paxtakor" bilan sovrinlarga ega chiqishiga umid qilamiz. "Paxtakor"ga xush kelibsan!

Yurisa Bulyat haqida blis-ma`lumotlar

Tug`ilgan sanasi: 19.09.1986

Tug`ilgan joyi: Zadar, Xorvatiya

Ampluasi: himoyachi

Faoliyati:

2004—2005

"Zadar"

31 (4)

2005—2011

"Xayduk"

98 (2)

2011—2013

"Makkabi" (Isroil)

31 (0)

2013

 “Zadar”

9 (1)

2013—2014

"Energi" (Germaniya)

24 (1)

2014—2015

"Zadar"

8 (2)

2015

“Metallist” (Ukraina)

10 (0)

2016   

“Bunyodkor”

25 (0)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1