AsosiyDunyo

Moskvalik yigit sevgan qiziga sovg`a qilish uchun xiyobondagi tilla suvi yugurtirilgan haykalni o`g`irladi

Moskva polisiyasi “Sokolniki” xiyoboniga o`rnatilgan tilla suvi yugurtirilgan haykalni sevgan qiziga sovg`a qilish uchun o`g`irlagan yigitni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Mazkur haykalning yo`qolganligi haqida polisiyaga xiyobon xavfsizlik xizmati xodimi xabar berdi. Huquq-tartibot idorasi xodimlari jinoyat sodir etilgan joy yaqinida o`g`rini qo`lga oldi. Yigit chetga chiqmaslik haqida tilxat yozib berdi, unga nisbatan o`g`irlik bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

“Buxgalterga yodgorlik” deb ataluvchi haykal 2014 yilning iyun oyida “Sokolniki” xiyoboniga o`rnatilgan. Unda elkasida qanoti bo`lgan, qo`lida buxgalterlik hisobotini ko`tarib olgan qiz tasvirlangan. Ekspertlar haykalning narxini uch million rubl, deb baholadi.

    Boshqa yangiliklar