1

Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni g`alabasiga katta hissa qo`shdi

Sport 10.01.2017, 20:40
Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni g`alabasiga katta hissa qo`shdi

“Bunyodkor”ning OChL-2017 “plef-off” bosqichidagi raqibi Qatarning “Al-Jaish” jamoasi Yulduzlar ligasining 15-turida qiyinchilik bilan 4:3 hisobida g`alaba qozondi.

“Al-Arabi” klubiga qarshi kechgan bahs keskin va murosasiz ruhda o`tdi, deyish mumkin. Chunki o`yin davomida darvozalar etti bor ishg`ol qilinishi bilan birgalikda hakam uchta futbolchiga qizil kartochka ko`rsatdi. Bosh hakam “Al-Jaish”ning ikki, raqibning esa bir futbolchini maydondan chetlatdi. Asabiy kechgan bahsning hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarida Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan gol “Al-Jaish”ga 4:3 hisobidagi g`alabani keltirdi.

Sabri Lyamushi boshqaruvidagi “Al-Jaish” klubi 15-turdan keyin 33 ochko jamg`argan holda musobaqa jadvalida uchinchi pog`onada bormoqda.

Qatar Yulduzlar ligasi, 15-tur

“AL-JAISh” – “AL-ARABI” 4:3 (2:1)

Gollar: Lukam Mendes 4 (1:0), Romarino 11 (2:0), Imo Ezekil 25 (2:1), Luis Ximenes 61 (2:2), Sardor Rashidov 78 (3:2), Xuxi Bualem 83 (3:3), Sardor Rashidov 90+2 (4:3).

“Al-Jaish”: 22.Saud Muborak, 2.Murod Naji, 4.Lukas Mendes, 5.Muhammad Al Jabri, 6.Yosir Abubakir, 8.Yusuf Muftah (15.Deym Traore 63), 10.Sardor Rashidov, 14.Muhammad Moznani, 18.Muhammad Al-Yazdi (55.Abdulqodir Ilyos 72), 21.Ali Sanad, 31.Romarino.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1