1

Ispaniya Kubogi. “Atletiko” “Las-Palmas”ga mag`lub bo`lishiga qaramay, chorak finalga chiqdi

Sport 11.01.2017, 09:41
Ispaniya Kubogi. “Atletiko”  “Las-Palmas”ga mag`lub bo`lishiga qaramay, chorak finalga chiqdi

Ispaniya Kubogi 1/8 final javob o`yinida “Atletiko Madrid” jamoasi o`z maydonida “Las-Palmas” futbolchilarini o`z maydonida qabul qildi.  Mazkur o`yinda “Atletiko” 2:3 hisobida mag`lubiyatga uchradi.

O`yinning 49-daqiqasida Antuan Grizmann hisobni ochgan bo`lsa, Livaya 57-daqiqada muvozanatni tikladi. Korrea 61-daqiqaga kelib “Atletiko”ni oldinga olib chiqdi. Ammo o`yin yakunida Livaya va Garsiya gollar kiritib, Madrid klubini g`alabadan mahrum qildi.

Shunga qaramay, “Atletiko” dastlabki o`yinda 2:0 hisobida g`alaba qozongani uchun chorak finalga yo`l oldi.  

“Atletiko” – “Las-Palmas” 2:3 (0:0, 2:3)

Gollar: 1:0 – 49 Grizmann, 1:1 – 57 Livaya, 2:1 – 61 Korrea, 2:2 – 89 Livaya, 2:3 – 90 Garsiya.

“Atletiko”: Moyya, Lyuka Ernandes (Gabi, 46), Ximenes, Vrsalko, Xuanfran, Saul, Gaytan, Grizmann (Torres, 64), Koke, Korrea (Bare, 79), Godin.

“Las-Palmas”: Lisoain, Garsiya Santana, Elder Lopesh, Artiles, Masedo (Lemos, 61), Momo (Viera, 72), Kastelyano, Dominges, Garsiya, Livaya, Santana (Montoro, 25).

Ogohlantirish: Korrea (35), Lyuka Ernandes (45), Momo (50), Gabi (69).

Birinchi uchrashuv: 2:0

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1