1. Sog` tanda sog`lom aql naqliga amal qiling, vaqtida uxlang va uyquga to`yib uyg`oning. Miyasi dam olgan odam stressga engilmaydi.
2. Ichki tuyg`ularingizni o`zgartiring. Biror noxushlik yuz beradi, ishdan bo`shatib yuborishadi, daromadim kamaysachi, yashashga hech nimam qolmaydi kabi yomon xayollardan o`zingizni xalos eting.
3. Negativ xayollar sizni tark etmayaptimi, qalbingiz xufton va notinchmi, hadeb asabiylashaverasizmi, demak stress sizni butunlay zabt etibdi. Bundan xalos bo`lishning eng yaxshi yo`li sport bilan shug`ullanishdir. Qanchalik g`alati bo`lmasin jismoniy zo`riqish insonni tinchlantiradi va quvonch bag`ishlaydi. Ayniqsa toza havoda qilingan jismoniy mashqlar doimiy xavotirlik va siqilishlardan forig` etadi.
4. Stress bilan kurashishda xushbo`y hidli mevalar yoki purkagichli havo tozalagichlardan foydalaning. Yotoqxonangizga xushbo`y hidli havo tozalagichlardan sepib qo`ying.
5. Shokolad ham stress bilan kurashishda samarali vosita, muhimi, me`yorni unutmasangiz bo`lgani. Bo`lmasam ortiqcha vazndan ham stress paydo bo`ladi.
6. Yoqimli musiqa eshiting yoki oxiri yaxshilik bilan tugaydigan komedik film tomosha qiling.
7. Iloji boricha hayotga pozitiv ko`z bilan qaraydigan insonlar suhbatida bo`ling. Ularning pozitiv kayfiyati sizga ham o`tadi.
8. Ko`proq toza havoda bo`ling, ayniqsa daraxtlar ko`p joyda, yashil rang inson asab tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
9. Moychechak yoki lavandali vanna qabul qiling.
10. Bolalar bilan gaplashing. Ular stress va depressiya nimaligini bilmaydilar, doimo beg`am va shodonlar.
11. O`zingiz yoqtirgan mashg`ulot bilan shug`ullanishni boshlang. Masalan rasm chizish yoki to`qish singari.
12. Kun tartibiga rioya eting.
13. Ko`proq mevalardan va yashil sabzavotlardan iste`mol qiling.
14. Yoga yoki tinchlantiruvchi gimnastika bilan shug`ullaning.
15. Stressga qarshi uqalash kursiga yoziling.
16. O`zingiz va yaqinlaringizga kichik sovg`alar, shirinliklar xarid qiling. Bayramona kayfiyat sog`likka yaxshi ta`sir o`tkazadi.
17. O`zingizga ishoning, o`zingizni seving va hammasi yaxshi bo`lishiga ishoning. Va albatta shunday bo`ladi.